ИЖОДИЙ УЧРАШУВЛАР ВА МАҲОРАТ ДАРСЛАР
ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ

 

АНОНС

Дш Сш Чш Пш Ж Ш Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

#xotira_kechasi_Muxtor_Ashrafiy_111_yilligi
#ustoz_shogird_Muxtor_Ashrafiy_Quvonch_Usmonov

Bugun, 5-iyun kuni O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida O‘zbekiston kompozitorlik va dirijyorlik maktabining yirik namoyondasi, O‘zbekiston xalq artisti, professor Muxtor Ashrafiy hamda uning shogirdi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor, dirijyor Quvonch Usmonov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda M.Ashrafiy va Q.Usmonovning oila a'zolari, shogirdlari, hamkasblari ishtirok etishib, ular bilan bog‘liq yorqin xotiralar bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, tadbirdan "Muxtor Ashrafiy hayoti va ijodi" nomli kitob taqdimoti o‘rin egalladi.