ИЖОДИЙ УЧРАШУВЛАР ВА МАҲОРАТ ДАРСЛАР
ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ

 

АНОНС

Дш Сш Чш Пш Ж Ш Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31

#ijodiy_uchrashuv_Sh_Sobirov_L_Jõrayeva

Bugun, 1-mart kuni O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida "Ijodimiz senga, Vatan" turkumidan yosh ijodkorlar, uyushma a'zolari - Respublika tanlovlar sovrindori, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi "Kompozitorlik va cholg‘ulashtirish" kafedrasi katta o‘qituvchisi, kompozitor SHERZOD SOBIROV hamda san'atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston davlat konservatoriyasi "O‘zbek musiqasi tarixi" kafedrasi katta o‘qituvchisi, musiqashunos olima LAYLO JO‘RAYEVA bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek Milliy musiqa san'ati instituti o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etishib, ijodkorlarning pedagogik va ijodiy faoliyati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga munosib javob oldilar, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.