ИЖОДИЙ УЧРАШУВЛАР ВА МАҲОРАТ ДАРСЛАР
ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ

 

АНОНС

Дш Сш Чш Пш Ж Ш Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

#R_S_Abdullayev_75_yosh
#ilmiy_amaliy_konferensiya


Bugun, 13-dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, san’atshunoslik fanlari doktori, “O‘zbek musiqasi tarixi” kafedrasi professori, musiqashunos olim Rustambek Abdullayevning 75 yilligiga bag‘ishlangan “Musiqiy ijodiyot va meros: ko‘p qirrali madaniyat kesimida” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyаsi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida R.Abdullayevning yaqinlari, do‘stlari va hamkasblari so‘zga chiqib, olimning hayoti va ijodi to‘g‘risida iliq fikrlar bildirishdi hamda kelgusi ilmiy-ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilashdi.