ИЖОДИЙ УЧРАШУВЛАР ВА МАҲОРАТ ДАРСЛАР
ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ

 

АНОНС

Дш Сш Чш Пш Ж Ш Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

#ijodiy_kecha_D_Sultaniyazova
#M_Nabiyeva_A_Safarov

Joriy yilning 11-martida Toshkent viloyati Chirchiq shahri 7-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, "Madaniyat va san'at fidokori" ko‘krak nishoni sohibasi, bastakor, xormeyster Dilara Sultaniyazovaning ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida D.Sultaniyazova yaratgan kamer asarlar, xususan, ovoz, xor uchun qo‘shiqlar va cholg‘u asarlari maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari tomonidan ijro etildi. Dastur mehmonlari sifatida uyushma a'zolari - "Madaniyat va san'at fidokori" ko‘krak nishoni sohibasi, musiqashunos Muhayyo Nabiyeva hamda "Kelajak bunyodkori" medali sohibi, respublika va xalqaro tanlovlar sovrindori, yosh kompozitor Akmal Safarov ishtirok etdilar va ularning ijodi ham keng yoritildi. Tadbir so‘ngida maktab kutubxonasiga uyushma nomidan adabiyotlar to‘plami taqdim etildi.