ИЖОДИЙ УЧРАШУВЛАР ВА МАҲОРАТ ДАРСЛАР
ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ

 

АНОНС

Дш Сш Чш Пш Ж Ш Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

#ijodiy_uchrashuv_R_Abdullayev_O_Abdullayeva_T_Petrenko_A_Safarov

Bugun, 30-noyabr kuni Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot - bilimda!” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, atoqli kompozitor, professor Rustam Abdullayev, uyushma a’zolari — Zulfiya davlat mukofoti sovrindori, “Do‘stlik” ordeni sohibasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va san’at masalalari qo‘mitasi a’zosi, professor, kompozitor Oydin Abdullayeva, respublika va xalqaro tanlovlar sovrindori, musiqashunos Tatyana Petrenko hamda “Kelajak bunyodkori” medali sohibi, respublika va xalqaro tanlovlar sovrindori, yosh kompozitor Akmal Safarov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida maktab rahbariyatiga uyushma tomonidan kitoblar va taniqli kompozitorlar aks etgan yirik hajmdagi fotosuratlar (plakatlar) to‘plami taqdim etildi. Ijodkorlar o‘z o‘rnida hozirda musiqa san'ati, ta'lim, tarbiya va bilimga bo‘lgan yuksak e‘tiborni alohida ta'kidlab, o‘z ijod namunalarini tinglovchilarga havola etdilar. Shuningdek, maktab o‘quvchilari bilan kechgan savol-javob jarayoni tadbirga o‘zgacha tus bag‘ishladi.