#yangilanayotgan_konstitutsiya
Bugun, 11-aprel kuni O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida "Do‘stlar klubi" doirasida "Yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Referendumi" mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat va san'at masalalari qo'mitasi a'zosi, "Do'stlik" ordeni sohibasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi "Kompozitorlik va cholg'ulashtirish" kafedrasi mudiri, professor, kompozitor Oydin Abdullayeva mamlakatimizda joriy yil 30 aprel kuni o‘tkaziladigan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Referendumi xalqimizning demokratik islohotlar yo‘lidagi yana bir muhim qadami ekanligi, yangi Konstitutsiya loyihasida ko‘zda tutilgan, xususan, ijodkorlar yanada erkin va sermahsul ijod qilishlariga imkon yaratuvchi muhim o‘zgarishlar to‘g‘risida qisqacha so‘zlab berdilar.