КОНЦЕРТЛАР
UNION OF COMPOSERS AND BASTAKORS OF UZBEKISTAN

 

#avlodlar_suhbati

Bugun, 1-dekabr kuni O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi bilan hamkorlikda "Avlodlar suhbati" - O‘zbekistonning buyuk kompozitorlari Muxtor Ashrafiy, Boris Giyenko, Manas Leviyev, G‘ofur Qodirov, Xayri Izomov yubiley sanalariga bag‘ishlangan konsert-ma'ruza bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kompozitorlarning hayoti va ijodi yoritildi hamda turli janrlarda yaratilgan kamer asarlari maktab o‘quvchilari tomonidan ijro etildi.
Konsert-ma'ruza yakunida barcha ishtirokchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.