КОНЦЕРТЛАР
UNION OF COMPOSERS AND BASTAKORS OF UZBEKISTAN

 

#xotira_kechasi_Anvar_Ergashev_70_yosh

Bugun, 24-aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, taniqli kompozitor, dirijyor ANVAR ERGASHEV tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kompozitorning yaqin do‘stlari, hamkasblari hamda oila a'zolari so‘zga chiqishib, uning hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq yorqin lahzalarni xotirlab o‘tdilar. So‘ng kompozitor yaratgan kamer asarlar mohir ijrochilar tomonidan ijro etildi va tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo‘ldi.