#hududlarda_tadbirlar_Buxoro_viloyati

Joriy yilning 10-martida Buxoro viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi tasarrufidagi Kogon shahar 2-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida "Zamonaviy o‘zbek kompozitorlari bolalar uchun" nomli ma'ruza-konsert bolib o‘tdi. Konsertda zamonaviy o‘zbek kompozitorlari ijodi qisqacha yoritildi va ularning bir qator kamer asarlari maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari tomonidan ijro etildi.