Joriy yilning 2 noyabr kuni Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, taniqli kompozitor, professor AVAZ MANSUROV tavalludining 65 yilligiga bag'ishlangan ma'ruza-konsert bo'lib o'tdi.
Tadbirda kompozitorning hayoti va ijodi yoritildi, bolalar qo'shiqlaridan namunalar ijro etildi.