#xor_festivali
#Botir_Umidjonov_tavalludining_90_yilligi

Joriy yilning 11-may kuni "Turkiston" san'at saroyida O‘zbekiston xalq artisti, mohir xor dirijyori va kompozitor Botir Umidjonov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan Xor san'ati festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, taniqli kompozitor, professor Rustam Abdullayev so‘zga chiqib, B.Umidjonov hayoti va ijodiga doir ba'zi xotiralar bilan o‘rtoqlashdilar.